Tadbirlar haqida
BMTning tegishli qaroriga asosan 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanib kelinadi. 2004 yildan buyon ushbu sana munosabati bilan butunjahon miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi.
Jumladan, keyingi yillarda yurtimizda ham korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bu yil mazkur sanani yuqori saviyada o‘tkazish va qamrov darajasini oshirish maqsad qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, tegishli vazirlik va idoralar hamda qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning noyabr–dekabr oylari davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi tashkil etiladi. Tadbirlar doirasida davlat organlari va tashkilotlari, NNTlar, OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida muhokama va anjumanlar, yoshlar ishtirokida trening va o‘quv darslari, keng aholi qatlami o‘rtasida jamoatchilik fikri so‘rovlari o‘tkaziladi.
FORUM VA ANJUMANLAR
Antikorrupsiya laboratoriyasi
30-noyabrDavlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyatida nohalollik, korrupsiyaviy xavf-xatar omillarini baholashning dastlabki natijalari bo‘yicha davra suhbati
MAKTABLARDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MAVZULARIGA BAG‘ISHLANGAN MAXSUS DARSLAR
19 noyabr – 2 dekabrNoyabr-dekabr oylarida xalqaro tashkilot ekspertlari, Agentlik xodimi hamda Agentlik huzuridagi jamoatchilik kengashi a'zosi ishtirokida hududlardagi maktablarda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzulariga bag‘ishlangan maxsus darslartashkil etildi
ANTI-CORRUPTION-2.2: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA JAMOATCHILIK BILAN ISHLASHNING ROLI
2 dekabrUshbu jarayonda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mutaxassislar tomonidan sohada uchrashi mumkin bo‘lgan masalalar IT, media va boshqa shunga o‘xshash mutaxassislar guruh (Xakaton)lariga beriladi va ulardan muammoni virtual olamda yechish usuli to‘g‘risida yechimlarni qabul qilib olishadi.
KORRUPSIYAGA QARSHI XAKATON KLUBLARI
20 noyabr – 8 dekabrUshbu jarayonda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mutaxassislar tomonidan sohada uchrashi mumkin bo‘lgan masalalar IT, media va boshqa shunga o‘xshash mutaxassislar guruh (Xakaton)lariga beriladi va ulardan muammoni virtual olamda yechish usuli to‘g‘risida yechimlarni qabul qilib olishadi.
VAZIRLIK VA IDORALARDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNLARI”
30 noyabr – 1 dekabr“Ochiq eshiklar kunlari” o‘tkaziladigan vazirlik va idoralar ro‘yxatini shakllantirish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarida ochiq eshiklar kuni va Press-tur o‘tkazish.
VAZIRLIK VA IDORALARDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNLARI”
30 noyabr – 1 dekabrKorrupsiyaga qarshi kurashishga mas'ul bo‘lgan tashkilotlarning aniq faoliyat yo‘nalishlari hamda amalga oshirayotgan faoliyat yo‘nalishlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari hamda ular orqali keng jamoatchilikka yetkazish.
Gallerya
Haftalik doirasida tashkil etilgan tadbirlardan lavhalar
HAMKORLAR








Boshqa tadbirlar
-
FARG‘ONA VODIYSIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA O‘QUV KURSLARI O‘TKAZILDI
8 noyabr – 3 dekabr
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi davlat organlarining yosh xodimlari uchun “Yoshlar Farg‘ona vodiysida ijtimoiy uyg‘unlik uchun” qo‘shma dasturi doirasida BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida ishlab chiqilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusidagi o‘quv kursi tashkil etildi.
Farg‘ona vodiysining Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida jami 300 nafar yosh davlat xizmatchilari uchun treninglar o‘tkazildi.
Tashkilotchilar
- Bosh prokuratura Akademiyasi
- Davlat boshqaruvi akademisi
- Yoshlar ishlari agentligi
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
- Farg‘ona, Namangan, Andijon korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari
- BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
-
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHUVCHI ORGANLAR XODIMLARINING KORRUPSIYA HUQUQBUZARLIKLARINI ANIQLASH BORASIDAGI SALOHIYATINI OSHIRISH BO‘YICHA MASOFAVIY KURS TASHKIL ETILDI
29 noyabr – 3 dekabr
“Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining O‘zbekiston uchun korrupsiyaga qarshi kurashish loyihasi” doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari uchun “Korrupsiya huquqbuzarliklarini aniqlash va tergov qilish” mavzusidagi masofaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi.
IHTT va boshqa xorijiy ekspertlar ishtirokida Bosh prokuratura Akademiyasida bir haftalik trening o‘tkazildi.
Tashkilotchilar
- Bosh prokuratura Akademiyasi
- Bosh prokuratura
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
-
YOSHLARNING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA DAVLAT SIYOSATI VA AGENTLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA XABARDORLIGINI O‘RGANISH MAQSADIDA SOTSIOLOGIK SO‘ROVNOMALAR TASHKIL ETILDI
10 noyabr – 1 dekabr
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati va Agentlik faoliyati to‘g‘risida yoshlarning xabardorligi dinamikasini o‘rganish va media-haftalik natijalarini umumlashtirish maqsadida tadbirlardan oldin va tadbirlar yakuni bo‘yicha Respublika oliy va o‘rta-maxsus ta'lim muassasalari talabalari ishtirokida sosiologik so‘rovnoma tashkil etildi.
Tashkilotchilar
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
- Yoshlar ishlari agentligi
- Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi
- Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashlari (keyingi o‘rinlarda Hududiy kengashlar)
-
KORRUPSIYA QARSHI KURASHISH MASALALARI BO‘YICHA AKADEMIK DOIRALAR VA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI BILAN DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILADI
17 noyabr – 19 noyabr
Bosh prokuratura Akademiyasida BMT GJB bilan hamkorlikda akademik doiralar uchun va nodavlat notijorat tashkilotlari uchun korrupsiya qarshi kurashishda tadqiqotlar ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkil etildi
Tashkilotchilar
- Bosh prokuratura Akademiyasi
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
- Akademik ilmiy-ta'lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlari
-
BANK-MOLIYA SOHASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING DOLZARB MUAMMOLARI MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI
22 noyabr
Ushbu davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi nazarda tutilgan Bank-moliya sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurash masalalari yuzasidan takliflarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan
Tashkilotchilar
- “Taraqqiyot strategiyasi” markazi
- Markaziy bank
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
- manfaatdor tashkilotlar
-
“YOSHLAR PRESS KLUBI”NING MAXSUS SESSIYASI O‘TKAZILDI
1 dekabr
Tashkilotchilar
- Yoshlar ishlari agentligi
- MTRK
- O‘zEOAVMA
- Oliy Majlis palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
- Bosh prokuratura
- Ichki ishlar vazirligi
- Markaziy bank
-
AHOLINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA DAVLAT SIYOSATI VA AGENTLIK, HUDUDIY KENGASHLAR FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA XABARDORLIGINI O‘RGANISH MAQSADIDA TELEFON SO‘ROVINI TASHKIL ETILDI
noyabr - dekabr
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati va Agentlik, hududiy Kengashlar faoliyati to‘g‘risida fuqarolarning xabardorligi mavzusida telefon so‘rovi o‘tkazildi.
So‘rov natijalariga ko‘ra “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida jamoatchilik fikri” mavzusida agentlik bilan hamkorlikda taqdimot o‘tkazildi
Tashkilotchilar
- “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
- Hududiy kengashlar
- Hududiy boshqarma va idoralar
-
IJTIMOIY REKLAMA BANNERLARINI TAYYORLASH VA JOYLASHTIRILDI
10 noyabr - 1 dekabr
Korrupsiyaga qarshi kurashishga chorlovchi ijtimoiy reklama bannerlari Toshkent shahri va viloyat markazlarining aholi gavjum qismlarida joylashtirildi.
Tashkilotchilar
- Tasviriy oyina ijodiy uyushmasi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
- Hududiy Kengashlar
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘RTASIDA BMTNING KORRUPSIYAGA QARSHI KONVENSIYASI ISHTIROKCHI-DAVLATLARI KONFERENSIYASI MODELI TASHKIL ETILDI
9 dekabr
Yuridik sohadagi oliy o‘quv yurtlari (TDYuU, JIDU, QorDU, Vestminster va b.) Bosh prokuratura Akademiyasi magistratura tinglovchilari o‘rtasida BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari konferensiyasi modeli ko‘rinishida “BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini amalga oshirish mexanizmi: ikkinchi bosqich tahlili” mavzusidagi musobaqa o‘tkazildi.
Tashkilotchilar
- Bosh prokuratura Akademiyasi
- Qoraqalpoq davlat universiteti
- Vestminster universiteti
- Jahon iqtisodiyati va diplomatiya universiteti
- TDYuU va boshqa ta'lim muassasalari
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
-
NAMANGAN VILOYATINING DAVLATOBOD TUMANIDA “KORRUPSIYASIZ HUDUD” LOYIHASINING JORIY ETILISH HOLATI YUZASIDAN PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
3 dekabr
“Korrupsiyasiz hudud” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan OAV va keng jamoatchilik vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Bunda loyihaning asosiy mazmun-mohiyati bilan tanishtiriladi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman tashkilotlari tomonidan ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi.
Tashkilotchilar
- Namangan viloyat hokimligi
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
- AOKA